12 Mart 2022 yil 498

Buxoroda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruhning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan 2022 yilning 13 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda, olingan tezkor maʼlumotlar asosida Buxoro shahar Namozgoh ko‘chasida joylashgan “viloyat sil kasalliklar dispanseri” oldidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘ylab o‘zining sariq rangli “Matiz” rusumli atomashinasini boshqarib ketayotgan 1962 yilda tug‘ilgan G‘.R. gumon qilinib to‘xtatilgan holda xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv harakati o‘tkazilganda yonidan poliyetilen paket ichiga solingan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 0,90 grammga teng bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Gumon qilinuvchi G‘.R. bilan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilib, uning bergan ko‘rsatmalari asosida “Gashish” giyohvandlik moddasini unga sotgan Buxoro tumani Saxovat mahallasida yashovchi, A.Sh. boshqaruvidagi "Lasetti" avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, yana 1 dona polietilen paketga solingan vazni 1,52 grammga teng bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Ikkinchi gumon qilinuvchi A.Sh. ham o‘z navbatida ko‘rsatmasida undan olingan giyohvandlik moddalarini Romitan tumani Bobur mahallasida yashovchi H.Z. ismli shaxsdan olganligini maʼlum qilgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, H.Z.ning yashash xonadonida kechiktirib bo‘lmas tezkor-tergov harakatlari olib borilib, xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganida, xonadon oshxonasidagi shkafdan 2000 so‘mlik pul ko‘pyurasiga o‘ralgan Ekspert kriminalistika bo‘limining xulosasiga ko‘ra sof vazni 0,49 grammga teng bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

H.Z. bilan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u ushbu “Gashish” giyohvandlik moddalarini Toshkent viloyatida yashovchi tanishi M.Z. ismli shaxsdan olganligini bildirgan.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, Buxoro shahrida joylashgan “Karvon” buyum bozori yonidagi avtoturargohda Toshkent viloyati Bekobod tumani Farxod mahallasida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan M.Z. ning yonlari ko‘zdan kechirilganda, kiyimining ichki qismida 130 grammga teng bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda olib yurganligi aniqlangan.

M.Z. bilan tezkor surishtiruv harakatlari davom ettirilib, uning Toshkent viloyati Bekobod tumani Bobur Mirzo ko‘chasida joylashgan choyxonasidan yana 396 grammga teng Gashish giyohvandlik moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirgi kunda mazkur jinoiy guruhning hatti-harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilarning har biriga "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech