1 May 2022 yil 547

Buxoroda ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Mamlakatimiz bo‘ylab “Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat” g‘o‘yasini hayotga tatbiq etish, oilaviy qadriyatlarni rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, namunaviy oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi IIV va viloyat Ichki ishlar boshqarmasining “Namunali oila” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli buyruqlarining ijrosini taʼminlash maqsadida tanlovning Buxoro viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat faoliyatini olib borayotgan jami 6 ta oila vakillari faol ishtirok etib, turli shartlar yuzasidan o‘zaro raqobatlashishdi.

Bunda, faxrli o‘rinlarni egallagan, turli nominatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oilalar va oilalar a’zolari munosib rag‘batlantirildi.

Xususan, bellashuvlar yakuniga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni safdor Firuza G‘aforova oilasi, 2-o‘rinni kapitan Nasim Bog‘iyev, 3-o‘rinni esa safdor Usmon Hamroyevlar oilasi egalladi.

Shuningdek, “Ibratli oila”, “Kitobxon oila”, “Sportchi oila” nominatsiyalari bilan kapitan Davrbek O‘dayev, katta leytenant Farrux Ermamatov va katta leytenant Furqat Jumayevlarning oilasi e’tirof etildi.

Text to speech