Buxoroda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan qidiruvdagi shaxs tezkor xodimga pora bermoqchi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha bo‘limi, Departamentning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakilining Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisi asosida tezkor tadbir o‘tkazilganda, joriy yilning 12 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi “B” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, sud-tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar IIO va FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri davomida Buxoro shahrida qo‘lga olingan, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Boyovut-1 mahallasida ro‘yxatda turuvchi 1983 yilda tug‘ilgan Yu.J., o‘ziga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik evaziga ichki ishlar organi xodimiga 500 AQSH dollari pora berishni taklif qilib, taxminan soat 21:00 larda Buxoro shahar IIO FMB 4-sonli IIB binosidagi xizmat xonada tezkor xodimga 4.200.000 so‘m va 100 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, belgilangan tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat Yu.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.