Buxoroda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun bayram konsert dasturi tashkil etildi.
Bugun, 4-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti katta yig‘inlar zalida Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi vakillari ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun bayram konsert dasturi tashkil etildi.
Mazkur tadbir viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bo‘limi va filarmoniyasi hamkorligida o‘tkazildi.
Bunda, 500 nafardan ortiq viloyatning barcha tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, shuningdek, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbir viloyatimizning taniqli sanʼat ahli ijrosidagi sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlarga ulanib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Bu kabi madaniy tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad sektorlar va mahalla tizimi masʼullari tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayollarga maʼnaviy ko‘mak berish va rag‘batlantirishdan iboratdir.