Buxoroda ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha shaxslarni chuv tushirgan kiberfiribgar fosh etildi.
Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra noma’lum shaxs tekin boylik ortirish maqsadida 2022 yil 27 may kuni Jondor tumani Chorzona mahallasida yashovchi, Y.M. ning plastik kartasidan 1.000.000 so‘m, 2022 yil 19 iyun kuni Jondor tuman Aleli mahallasida yashovchi B.A. ning plastik kartasidan 800.000 so‘m, 2022 yil 21 iyun kuni shu tumanning Dalmun mahallasida yashovchi M.F. ning plastik kartasidan 800.000 so‘m pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ishonchini suiiste’mol qilib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor-texnik, surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.
Natijada ushbu jinoyatlarni, Andijon viloyati Baliqchi tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan Andijon Davlat Tibbiyot institutining Y.H. ismli talabasi sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning viloyatimiz hamda respublikaning boshqa hududlarida sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan bu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.