5 Aprel 2022 yil 392

Buxoroda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarda samarali ish olib borgan xodimlar va jamoatchilik vakillari vazir o‘rinbosari tomonidan rag‘batlantirildi...

Bugun, joriy yilning 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi Departamenti boshlig‘i polkovnik B.Abdullayev ishtirokida Buxoro shahrida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan tungi xizmati oldi Yo‘riqnomasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvar kulidagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 92-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlari aʼzolari, shuningdek, jamoatchilik asosida shakllantirilgan yo‘l harakati xavfsizligi posbonlari, huquq tartibot idoralarining Buxoro shahar gornizoni shaxsiy tarkib ishtirokida o‘tkazilgan Yo‘riqnomada vazir o‘rinbosari B.Abdullayev shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida maʼruza qilib, hududlarda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha samarali faoliyat olib borgan xodimlar va jamoatchilik vakillarini rag‘batlantirdi.

Jumladan, 13 nafar profilaktika inspektorlari, 12 nafar YPX inspektorlari, 12 nafar Qalqon guruhi aʼzolariga pul mukofotlari, 20 nafar yo‘l harakati xavfsizligi posbonlariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari berilib, 9 nafar xodimlar va jamoatchilik vakillariga tashakkurnomalar eʼlon qilindi.

Text to speech