27 Aprel 2022 yil 632

Buxoroda jinoyatlar viloyat rahbarlari tomonidan mahallaning o‘zida muhokama qilindi

Bugun, 27-aprel kuni Buxoro viloyati prokurori Maxmud Istamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev, viloyat hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Feruza Ibragimova, tuman hokimi va boshqa mutasaddilar Qorako‘l tumanining qizil toifali kriminogen vaziyati og‘ir deya baholangan “Mirob” mahallasida sodir etilgan jinoyatlarni, shuningdek yaqinda sodir etilgan o‘ta og‘ir mudhish jinoyatni ushbu mahallalarning o‘zida mutasaddilar, qishloq va ko‘cha vakillari, faollar va keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qildilar.

Viloyat masʼullari jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, shuningdek, mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganib, ushbu mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan profilaktik tadbirlari va ularning natijalari yuzasidan hisobotlarini tinglab, jinoyat sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlarni birma-bir tahlil qildilar.

Muhokamada mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori, ichki ishlar bo‘limi va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Mahalla jinoyatchiligi birma-bir tahlil qilingan holda ushbu mahallada, shuningdek, tumanning qolgan barcha mahallalarida, qolaversa viloyatning barcha hududlari va mehnat jamoalarida jinoyatlar va ularning oqibatlarini taʼsirchan muhokama qilib, kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech