8 Iyul 2023 yil 943

Buxoroda ko‘p miqdordagi “Marixuana” oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoiy faoliyatning oldi olindi

Kogon tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida o‘tkazilgan “Qoradori-2023” tadbiri davomida Buxoro tumani “Bog‘ikalon” mahallasida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan Q.M. ismli shaxs tumanning “Siyozpoyon” mahallasi hududida boshqa bir fuqaroga Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika markazining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra 100 dona “victory” yozuvli gugurt qutilarga solib qadoqlangan, sof vazni 307,28 grammga teng bo‘lgan, quritilgan holatda, ko‘p miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik vositasini 2.000 AQSH dollari evaziga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birga qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech