13 May 2022 yil 495

Buxoroda kriminogen vaziyati og‘ir, jinoyatlar ko‘p sodir etilgan “qizil” toifali mahallalar jinoyatchiligi joyida muhokama etilmoqda

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev kundalik ish reja asosida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijadorligi, ayniqsa, kriminogen vaziyati og‘ir, jinoyatlar ko‘p sodir etilgan “qizil” toifali mahallalarga borib, jinoyatchilik holatini joyida muhokama qilib bormoqda.

Jumladan, bugun, 13-may kuni jinoyatchilikning navbatdagi “mahallabay” muhokamasi boshqarma boshlig‘i tomonidan viloyat IIB hamda Buxoro shahar IIO FMB mas’ul rahbarlari va mahalla mutasaddilari ishtirokida kriminogen vaziyati og‘ir deya baholangan qizil toifali “B.Naqshband” mahallasida o‘tkazildi.

Aytish joizki, mazkur mahallada joriy 2022-yilning bugungi kuniga qadar jami 7 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, ushbu mahalla “qizil mahalla” toifasiga kirgan.

Boshqarma boshlig‘i masʼullar ishtirokida o‘tkazgan muhokama jarayonida mahallada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlarini tingladi. Jinoyatlarning sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlarni birma-bir tahlil qildi.

Muhokamada mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori, ichki ishlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Mahallada kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech