8 Oktyabr 2021 yil 654

Buxoroda o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bergan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yilning 16 sentyabr kuni taxminan soat 17:00 lar atrofida nomaʼlum shaxs, Buxoro shahar Ko‘ksaroy mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan I.S.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashash uyi yotoqxonasidagi tryumo ustida turgan turli xildagi tilla-taqinchoqlar va 200.000 so‘m naqd pullarini o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 52.200.000 (ellik ikki million ikki yuz ming) so‘mlik moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida shahar IIO FMB 4-son Ichki ishlar bo‘limi tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joy va uning atrofi ko‘zdan kechirilib, kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “b" va "g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar A.Navoiy ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan M.I., Farg‘ona viloyati Uchko‘pir tumani Qatag‘on qishlog‘ida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan O.M., Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Chorvador ko‘chasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.R. hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Istiqlol ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan M.O.lar oldindan til biriktirib, jinoiy guruhga birlashib sodir qilganliklari aniqlangan va ulardan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirgi kunda ushbu shaxslar tomonidan viloyatimizning boshqa hududlari hamda respublikamizning boshqa viloyatlarida xuddi shu kabi sodir etilib fosh etilmasdan qolgan o‘g‘rilik jinoyatlariga aloqadorligini aniqlash borasida tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech