Buxoroda o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” va “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbirlari davomida giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.
Belgilangan yo‘nalish bo‘yicha xizmatga jalb qilingan Buxoro viloyati IIB PPX va JTSB PPX bataloni xodimlari tomonidan Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasida joylashgan “Asal” mehmonxonasi yonidagi avtobekatda spirtli ichimlik iste’mol qilib turgan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan B.I. bilan tushuntirish ishlari olib borish chog‘ida, u xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan, mast holda faol qarshilik ko‘rsatganligi bois, uning sodir qilgan huquqbuzarligini rasmiylashtirish maqsadida narkologiya dispanseriga olib borilib, maxsus ekspertiza xonasida yonida olib yurgan sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, bir dona “Portland” va bir dona “Yagona” nomli spirtli ichimlik, bir dona sovuq qurol hisoblangan elim dastali pichoq va bir dona yashil dastali qaychi, shuningdek sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 131,54 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “MARIXUANA” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan B.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.