5 Aprel 2022 yil 430

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti va viloyat IIB tashabbusi bilan “Inson qadri uchun: Ayol – oila fayzi, jamiyat tayanchi” nomli tadbir tashkillashtirildi.

Bugun, joriy yilning 5 aprel kuni Buxoro shahridagi viloyat musiqali drama teatrida viloyatimizga xizmat safari bilan tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan “Inson qadri uchun: Ayol – oila fayzi, jamiyat tayanchi” nomli keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy hamda amaliy tadbir tashkillashtirildi.

Tadbir doirasida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish, erta-turmush va erta tug‘ruq, suitsid va o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, ajrim masalalari bo‘yicha tushunchalar berilib, ayollar bandligini taʼminlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, shuningdek, “Tadbirkor ayol” uyushmasi, “Ishga marhamat” Monomarkazi va AT “Xalq banki” viloyat filialining tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat stollari tashkil etildi.

Shuningdek xotin qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olshish, ularning turli jinoyatlar qurboniga avylanib qolmasliklari, ayniqsa virtual o‘g‘irlik va firibgarlikdan ogoh bo‘lishlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida turli mavzularga bag‘ishlab tayyorlangan ijtimoiy videoroliklar namoyish etilib, viloyat sanʼatkorlarining kuy, raqs va qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga bayram kayfiyati ulashildi.

Text to speech