29 Iyun 2023 yil 581

Buxoroda o‘zgadan AQSHga yuborish uchun viza olib berish hamda ishga joylashtirish evaziga pora talab qilgan ayol ushlandi

Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar “Navro‘z” mahallasida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan G‘.D. ismli ayol boshqa bir fuqaroni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, uni AQSHga ishga yuborish uchun vakolatli tanishlari orqali viza olib berish hamda AQSHda yashovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 25 000 AQSH dollari miqdorida pora berishga dalolat qilib, joriy yil 21-iyun kuni taxminan soat 13:30 larda o‘zi yashab kelayotgan Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonida kelishilgan pulning 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G‘.D. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech