25 Noyabr 2021 yil 487

Buxoroda qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida sodir bo‘lgan o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi.

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra 2021 yilning 9 oktyabr kunidan 11 oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Dilkusho mahallasidagi “Al-Pari” kafesi ro‘parasida joylashgan Shofirkon tumani Mahallaqozi mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan I.A. tomonidan qurilayotgan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning yer to‘lasi temir eshigi osma qulfini buzib ochib, u yerdan bahosi 10.000.000 so‘mlik ikki dona alyumin profilni kesish dastgohini, bahosi 2.000.000 so‘mlik kompressorni, bahosi 5.700.000 so‘mlik olti dona elektr burg‘ilash apparatini, bahosi 2.500.000 so‘mlik ikki dona arra disk va bir dona bahosi 1.000.000 so‘mlik karnaylarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 26.200.000 so‘mlik moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB 4-son IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “G” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, G‘ijduvon tumani G‘ovshun mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan Sh.L. sodir qilganligi O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB hamda Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan fosh etilib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi Sh.L.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa shu kabi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligi tezkor hamda tergov harakatlari orqali tekshirilmoqda.

Text to speech