18 May 2023 yil 736

Buxoroda sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat olib boruvchi mansabdor shaxs pora bilan ushlandi

Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali mansabdori bir fuqaroni o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan tibbiyot muassasasining filiallaridan biriga hamshira vazifasiga ishga qabul qilishni vaʼda qilib, evaziga taʼmagirlik yo‘li bilan 300 AQSH dollarini pora tariqasida berishni talab qiladi.

2023 yil 16 may kuni taxminan soat 14:50 larda Buxoro viloyat huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tibbiyot muassasasi rahbari o‘z xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan 300 AQSH dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech