20 Iyul 2023 yil 624

Buxoroda talonchilik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

2023 yilning 16 iyul kuni soat 22.40 larda nomaʼlum shaxslar o‘zganing mol-mulkining ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida joylashgan bekat oldidan o‘tib ketayotgan Buxoro shahrida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan T.M.ning yo‘lini to‘sib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 2.500.000 so‘m bo‘lgan “Iphone XS” rusumli qo‘l telefon apparatini ochiqdan ochiq tortib olganlar.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan M.S. va  1993 yilda tug‘ilgan B.S.lar sodir qilganliklari aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxslarning hatti harakatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech