13 Dekabr 2021 yil 5742

Buxoroda “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir kilogramdan ortiq giyohvandlik moddalari oldi sottisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shaharning M.Saidjonov ko‘chasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.A. o‘zga bir fuqaroga ikki dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilarga alohida qadoqlangan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 4,59 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi “MARIXUANA” giyohvandlik vositasini 1.500.000 so‘m baholab qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davomida uning yashash uyida kechiktirib bo‘lmas tintuv tergov harakati o‘tkazilganda, xonadonida yana 8 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilarga qadoqlangan “MARIXUANA” giyohvandlik moddasi va 5 dona kapsula ko‘rinishidagi “ZARDEKS” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori preparati borligi aniqlangan.

Jinoyat ustida qo‘lga olingan M.A. bilan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida u ushbu giyohvandlik moddalarini Buxoro shahar Ruxshobod qishlog‘ida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan M.M.ismli tanish ayoldan olganligini bildirgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, gumon qilinuvchi M.A.ning ko‘rsatmalariga asosan fuqaro M.M. ismli ayolning yashash xonadonida kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganda, uning uyidan 6 dona 3 litrli shisha bankalarga solingan 109 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilarga qadoqlangan holdagi va yana 3 dona shisha bankalarga quritilib joylangan holatdagi 1 kilogramm 113.14 grammga teng bo‘lgan “MARIXUANA” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar M.A. va uning jinoiy sherigi M.M. ismli ayol O‘zbekiston Respublikasi JPK.ning 221-moddasi tartibida ushlangan hamda hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech