Buxoroda xonadon o‘g‘irligi fosh etildi.
G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2022 yilning 5 avgust kunidan 6 avgust kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, tumanning Chorsu mahallasida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan Q.O. ning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli 900.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan tumani IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan kechiktirib bo‘lmas surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, G‘ijduvon tumani Degrezon mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.M. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Natijada jabrlanuvchiga etkazilgan moddiy zarar qoplanib, hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.