7 Aprel 2022 yil 468

Buxorodagi oliy taʼlim muassasalari profilaktika inspektorlarining dastlabki ish natijalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda Buxoro viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida har bir taʼlim muassasasida profilaktika inspektori lavozimlari joriy etilgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur profilaktika inspektorlari tomonidan talabalar o‘rtasida yakka va umumiy tartibdagi hamda viktimologik profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Vazir o‘rinbosari polkovnik B.Abdullayev Buxoro davlat universiteti profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, talabalarga o‘qish va yashashlari uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, ularning yashash joyidan doimiy ravishda xabar olib turish, shuningdek talaba yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarga barcha hamkor tashkilotlar, jumladan, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, rektorlar va oliy taʼlim muassasasining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlari, yoshlar yetakchilari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarini ham keng jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Text to speech