1 Avgust 2023 yil 250

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Jondor tumanining “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarida 10-sonli qo‘shma Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga borib o‘rgandi

Bugun, 1-avgust kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Jondor tumanining “qizil” toifaga kiritilgan “Zarafshon” hamda “Darveshi” mahallalarida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganib, masʼullar ishtirokida muhokama qildi.

Bunda, boshqarma boshlig‘i mahallalarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berdi.

Jarayonda sodir etilgan har bir jinoyatga sabab bo‘lgan omillar ilmiy yondashuv asosida chuqur tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Mahallalarda faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qo‘shma Qaror ijrosi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralarini ko‘rish borasida masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech