Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovning navbatdagi sayyor qabuli viloyat 3-sektoriga qarashli Vobkent tumanida o‘tkazildi
Maʼlumki, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish, muammolarni joyiga borgan holda o‘rganish maqsadida sektor rahbarlari tomonidan joylarda ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Sayyor qabulda tuman hokimligi masʼullari, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa taalluqli idoralar masʼullari ishtirok etdilar.
Qabulda ko‘tarilgan fuqarolarning turli ijtimoiy iqtisodiy hamda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 15 dan ortiq murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, hududda «sohabay», «mahallabay» va «fuqarobay» ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi.
Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.