1 Iyun 2023 yil 501

Charxpalak teskari aylansa: buxorolik ayol turmush o‘rtog‘ini pichoqlab qo‘ydi

Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan Q.G. ismli ayol 2023-yil 30-may kuni soat 10:00 larda Buxoro shahar “N.Ganjaviy” mahallasi I.Mo‘minov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi ijara asosida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonning yerto‘lasida turmush o‘rtog‘i R.B. bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik zamirida janjallashib, janjal vaqtida o‘z erining chap tomon qorin bo‘shlig‘iga oshxona pichog‘ini sanchib olib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan fuqaro Q.G. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiningning 126⊃1;-moddasi 7-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech