28 Aprel 2022 yil 371

Diqqat, Eʼlon!

Buxoro shahrida Ramazon Hayiti bayrami arafasida masjidlarga olib boruvchi quyidagi avtmobil yoʻllari va koʻcha tarmoqlarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida transport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik toʻxtatiladi!

▪️“Fayzobod” masjidiga olib boruvchi Ibn Sino koʻchasining Dilkusho koʻchasi bilan kesishgan qismidan Oq machit (2524 avtojamlanma) koʻchasi kesishgan qismigacha;

▪️“Dilkusho” masjidiga olib boruvchi Dilkusho koʻchasining Ibn Sino koʻchasi bilan kesishgan qismidan Xalqobod koʻchasi (“Dilkusho dehqon bozor”) kesishgan qismigacha;

▪️“Bolo hovuz” masjidiga olib boruvchi Abu Xafs Kabir koʻchasining M.Karim koʻchasi bilan kesishgan qismidan Xoʻja Nurobod koʻchasi (aylanma harakatdan 6-maktabga burilish) bilan kesishgan qismigacha

▪️“Abu Hafs Kabir” (Hazrati Imom) masjidiga olib boruvchi Abu Xafs Kabir koʻchasining Ibn Sino koʻchasi bilan (“Raymag” aylanma) kesishgan qismidan Vobkent koʻchasi bilan kesishgan qismigacha boʻlgan orliqda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun fuqarolardan oldindan uzr soʻraymiz.

Text to speech