21 Aprel 2022 yil 8665

Diqqat, Eʼlon! Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘sh bo‘lgan lavozimlar uchun tanlov eʼlon qilinadi

Bular:

1) Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida bo‘sh bo‘lgan lavozimlariga birinchi navbatda oliy maʼlumotli huquqshunos, qoida tariqasida profilaktika inspektorining yordamchilari (maʼlumoti bo‘yicha yer usti transport tizimlari, transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan), shuningdek, oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha (Toshkent davlat transport institutini hamda boshqa oliy taʼlim muassasalarining yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, avtomobil yo‘llari va aerodromlar yo‘nalishlarini tamomlagan yoki tahsil olayotgan) erkaklar Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, “V,S” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 175 smdan past bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

2) Jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarida (Post-patrul xizmatida) bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining yordamchilari, shuningdek, oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 170 smdan past bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan (oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlar bundan mustasno) erkak hamda 165 smdan past bo‘lmagan ayol nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi.

  • biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;
  • oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi;
  • o‘rta-maxsus maʼlumotni tasdiqlovchi xujjat (diplom ilovasi bilan xamda sirtqi taʼlimda tahsil olayotganligi to‘g‘risida o‘qish joyidan maʼlumotnoma)
  • harbiy guvohnoma asl nusxasi;
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 23-apreldan - 3-may kuniga qadar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

2022-yilning 23-aprel kunidan oldin yoki 3-may kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,

Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (65) 220-41-12

BUXORO IIB – rasmiy sayti, telegraminstagramFacebook va YouTube kanallaridan axborot olib borishingiz mumkin

Text to speech