Diqqat, eʼlon! Ichki ishlar organlari xodimlari orasida IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qilinadi
Davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli qarori hamda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovini tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga muvofiq munosib nomzodlarni tanlash, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlarini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirish ishlarini samarali tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.
- Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish uchun nomzodlardan ariza (bildirgi)lar qabul qilish 2022-yilning 5-noyabridan 5-dekabr kuniga qadar;
- nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligini baholash joriy yilning 20-dekabr kuniga qadar;
- nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish reja taqsimotiga ko‘ra, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga jami 14 ta qo‘yidagi mutaxassisliklar:
- YPX-Yul-patrulʼ faoliyatida 3 ta;
- PTT-Pasport tizimini taʼminlashda 1 ta;
- JTSF-Jamoat tartibini saqlashda 2 ta;
- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati bo‘yicha 8 ta kvota ajratilgan.
Nomzodlardan (pasport, harbiy guvohnoma yoki harbiy xizmatga chaqiruv guvohnomasi, maʼlumoti haqidagi hujjat)lar talab etiladi.
Mazkur ishchi guruh tarkibi viloyat IIB maʼnaviy- maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i raisligida, kasbiy tayyorgarlik, shaxsiy xavfsizlik va yuridik taʼminlash bo‘limi boshlig‘i, harbiy-tibbiy komissiya raisi, psixolog xodimlardan tashkil etiladi.