3 Sentyabr 2021 yil 1971

DIQQAT, E'LON! Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi o`qituvchi va professorlarni ishga taklif qiladi.

Ichki ishlar vazirligi  Buxoro akademik litseyiga bilim darajasi yuqori, intellektual salohiyat va professional mahoratga ega malakali pedagog xodimlar ishga taklif etiladi.

Ichki ishlar vazirligi  Buxoro akademik litseyida ishlash istagini bildirgan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Litseyga qabul qilingan pedagog va boshqa xodimlarga IIV idoraviy akademik litseylarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to`lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.

 Ichki ishlar vazirligi  Buxoro akademik litseyida ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi (ta’lim o`zbek hamda rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun) pedagoglar tanlov asosida ishga taklif etiladi:

Pedagog xodimlar:

  • Ona tili va adabiyot
  • Ingliz tili (Chet tilini bilish darajasi bo`yicha sertifikatga ega bo`lishi kerak)
  • Tarix
  • Geografiya

Ishchi xodimlar:

  • Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari - Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik fani.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  1. Ariza
  2. So`rovnoma-anketa
  3. Qisqa shaxsiy ma’lumot (rezyume)

 

Professor-o`qituvchilarga o`rindoshlik asosida ishlash uchun sharoit yaratib beriladi.

Ichki ishlar vazirligi  Buxoro akademik litseyida ishlashni xohlovchi nomzodlar   +998-93-657-60-94 yoki +998-91-242-05-07 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so`raladi.

Ichki ishlar vazirligi  Buxoro akademik litseyining manzili:  Buxoro shahar, Navoiy shoh ko`chasi, 6a-uy.

                                                                                                Ichki ishlar vazirligi  Buxoro akademik litseyi

Text to speech