9 Aprel 2022 yil 2314

DIQQAT!DIQQAT!DIQQAT!Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘sh ofitserlik lavozimlari uchun tanlov eʼlon qilinadi.

1) Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga oliy maʼlumotli (qoida tariqasida yuridik hamda tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) va milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lgan erkaklar) Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 165 sm.dan kam bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

2) Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida bo‘sh ofitserlik lavozimlariga oliy maʼlumotli xitoy, arab, turk, fransuz tillarida erkin so‘zlasha oladigan hamda rus tilini mukammal biladigan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi, erkaklar uchun 165 sm.dan kam bo‘lmagan, ayollar uchun 160 sm.dan kam bo‘lmagan, erkaklar muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi.

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;

- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;

- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi;

- harbiy guvohnoma asl nusxasi;

- 3 x 4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);

- doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2022 yilning 11-20 aprel kunlari Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

2022 yilning 11 – 20 aprel kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,

Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (65) 220-41-12

BUXORO IIB – rasmiy sayti, telegram, instagram, Facebook va YouTube kanallaridan axborot olib borishingiz mumkin

Text to speech