5 Dekabr 2023 yil 1489

"Dolzarb 40 kun" maxsus profilaktik tadbirlari doirasidaBuxoro viloyati IIB TQX Kiber xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Buxoro davlat universiteti talabalari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bunda, yoshlar o‘rtasida firibgarlik, tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlar, yo‘l transport hodisalari, o‘g‘rilik, ayniqsa plastik kartalardan o‘g‘irliklarni oldini olish hamda bu turdagi jinoyatlarning sodir etilish sabablari hamda ularning oqibatlari tushuntirildi.

Savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilgan tadbir so‘ngida ishtirokchilarga “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash” yo‘nalishida tayyorlangan 220 dona infografik bukletlar hamda 20 dona tarqatma materiallar tarqatilib, ushbu yo‘nalishda tayyorlangan videomateriallar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.

Bu kabi targ‘ibot-tashviqot ishlari viloyatimizning barcha hududlari bo‘ylab davom ettirilmoqda

Text to speech