26 Dekabr 2021 yil 789

EʼTIROF

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibrat sohibalarini aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish maqsadidagi “Yil ayoli–2021” milliy tanlovida faol qatnashganlar taqdirlandi.

G‘oliblar orasida Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sharopova Dilfuza Qudratovna munosib eʼtirof etildi. 2-o‘rin sohibasiga Oliy Majlis Senati tomonidan diplom va 10 mln so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.

Yuksak eʼtirof etilgan hamkasbimizni viloyat IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan samimiy qutlab kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz!

Text to speech