26 Avgust 2021 yil 742

Ezgulik patruli xodimlari Buxoro shahrida talonchini qo‘lga olishdi.

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yil 21 avgust kuni soat 11:00 larda, nomaʼlum shaxs Buxoro shahar Q.Murtazoyev ko‘chasi 17-uy orqa tomonida shu ko‘chada istiqomat qiluvchi 1993 yilda tug‘ilgan uy bekasi, A.Z. ning o‘rindiqda o‘z bolasini ovuntirib turganligidan foydalanib, uning yonida bo‘lgan ichida 500.000 so‘m pullari bor ayollar hamyonini ochiqdan-ochiq o‘g‘irlab qochib, talonchilik jinoyatini sodir qilgan.

Jabrlanuvchining 102 avtomatlashtirilgan tizim orqali bergan xabariga ko‘ra, ushbu hududda xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi PPX va JTSB PPX batalyoni ezgulik patruli xodimlari tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir qilgan shu mahallada yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan A.B. ismli shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 166-moddasi (talonchilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi qamoqqa olindi va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech