16 Mart 2023 yil 494

Firibgar ayollarning kirdikorlari oshkor bo‘ldi

Buxoro shahar Fatxobod ko‘chasi 43-uyda yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan N.M. va T.M. lar bir guruh bo‘lib, 2021 yilning noyabr oyida ikki nafar fuqaroni Seyshel orollari davlatidan ro‘yxatdan o‘tgan “New Millennium Sentre” LTD kompaniyasining biznes dasturiga aʼzo qilib, fuqarolarni aldab, ularning kompaniya elektron biznes dasturida ochilgan shaxsiy profillarini aktivlashtirish uchun biridan 4800 AQSH dollari, ikkinchisidan 2000 AQSH dollari, jami 6800 AQSH dollari pullarini olib, “New Millennium Sentre” LTD kompaniyasining elektron biznes dasturida ochilgan hisob-raqamlariga to‘liq o‘tkazmasdan o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda ushbu shuxslarning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech