G'ijduvon tuman 3-sektor hududidagi "Oqrabot" MFYda sayyor qabul va "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi.
2022 yil yanvar-mart oylarida fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli hamda "Yoshlar va rahbar" uchrashuvlarini tashkil qilish bo‘yicha reja jadval asosida bugun, 3-sektor rahbari v.v.b B.Beshimov tomonidan hududdagi Oqrabot mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan sayyor qabul hamda "Yoshlar va rahbar" uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida
3-sektor rahbari v.v.b B.Beshimov mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar, yurtboshimiz tomonidan ularning har tomonlama qo‘llab quvvatlanib kelinayotganligi, yoshlarimiz ham bunday e’tiborga loyiq bo‘lishlari kerakligi hamda hozirgi kunda ustuvor vazifalardan biri bu yoshlarimizni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish ayniqsa uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelayotganligini ta’kidladi.
Oqrabot MFYda bo‘lib o‘tgan sayyor qabul jarayonida 10 nafardan ortiq fuqarolar va 30 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga va muammolariga mas'ullar tomonidan huquqiy maslahat va tavsiyalar olishdi.
Mazkur sayyor qabul va "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"da fuqarolar va yoshlar tomonidan yo'llangan 5 nafar fuqaroning 7 ta masalaga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish qo‘shimcha muddat talab qilganligi sababli ish yurituviga olinib, qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilishini va ijobiy hal qilinishini ta’minlash bo‘yicha tumanning tegishli tashkilotlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.