G‘ijduvon tumanida Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
Bugun, 11-mart kuni Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev G‘ijduvon tumani 1-sektori hududiga qarashli “Zarafshon” mahallasida joylashgan 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida maktab o‘quvchilarining ijod namunalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda boshqarma boshlig‘i tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat 3-sektor ishchi guruhi hamda boshqa mutasaddi idoralar masʼullari bilan birgalikda yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, ularning taklif va murojaatlarini birma-bir ko‘rib chiqib, atroflicha muhokama qildi.
40 nafar yoshlar tomonidan turli masalalarda qilingan murojaatlarning 23 tasi joyida ijobiy hal etildi.
27 nafar yoshlarning imtiyozli kredit olish borasidagi murojaatlari yuzasidan bank mas'ullariga alohida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar ish yurituviga qabul kilinib ijrosi alohida nazoratga olindi.