G‘ijduvon tumanida ham “25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi keng tantana qilindi.
G‘ijduvon tumanidagi “Fayz” tantanalar saroyida “25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi so‘zga chiqib, soha xodimlari va faxriylarni "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" bilan qutladi.
Soha xodimlarning mustaqilligimizni mustahkamlash, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish borasidagi xizmatlarini eʼtirof etdi.
Shundan so‘ng viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tabrik so‘zi o‘qib eshittirilib, tuman hokimligi tomonidan shaxsiy tarkibning barchasi, 200 dan ortiq qimmatbaho sovg‘alar, tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Viloyat IIB ning buyrug‘i bilan berilgan 2 nafar xodimlarning navbatdagi maxsus unvonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirining badiiy qismida tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan tomosha, qo‘shiq va musiqalar ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat, tadbirga bayramona shukuh baxsh etdi.