16 Noyabr 2021 yil 872

G‘ijduvon tumanida ichki ishlar organi xodimiga pora bergan shaxs qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, G‘ijduvon tumani Oqrabot mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan I.E. unga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tumani sudi tomonidan tayinlangan “Majburiy jamoat ishlari jazosi”ni boshqa jazo turiga o‘zgartirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 451-moddasi tartibida to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslik va uning o‘rniga majburiy jamoat ishlarida boshqa odam ishlashiga sharoit yaratib berish evaziga tuman IIB Probatsiya guruhi masʼul xodimiga 100 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilib, xodimning xizmat xonasida unga 900.000 so‘m pullarni bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan I.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech