G‘ijduvon tumanida ijtimoiy tarmoq firibgari qo‘lga olindi.
G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 15 sentyabr kuni nomaʼlum shaxs, “TELEGRAM” ijtimoiy tarmog‘i orqali, G‘ijduvon tumani G‘ishti mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan J.Sh. bilan virtual aloqa qilib, uni aldab, Turkiyadan “VOLVO” rusumli yuk mashinasi uchun ehtiyot qismlari keltirib berishini vaʼda qilib, 5.330.000 so‘m pullarini o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olishga erishib, ehtiyot qismlarni keltirib bermasdan, pullarini ham qaytarmasdan firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Namangan viloyati Namangan shahar Orzu mahallasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan U.O. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.