2 Sentyabr 2021 yil 637

G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tezkor tadbiri davomida har xil turdagi giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib yurgan shaxs qo‘lga olindi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda viloyat bo‘ylab “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur tadbir doirasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Bojxona va MXX viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida G‘ijduvon tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tezkor tadbiri davomida, olingan tezkor maʼlumotlar asosida G‘ijduvon tumani “SarmijonYPX maskanida “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Qorako‘l tumani Mevazor ko‘chasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.Sh. ismli shaxs boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, mazkur avtotransport vositasining haydovchi old eshigi cho‘ntagida oq rangli sochiqqa o‘ralgan, polietilen paketga solingan, Buxoro viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 20,21 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “OPIY” giyohvandlik vositasi, haydovchi o‘rindig‘ining oyoq ostidagi rezina to‘shama tagidan polietilen bo‘lagiga o‘ralgan, sof vazni 1,28 grammga teng bo‘lgan, ko‘p miqdordagi “GASHISH” giyohvandlik vositasi, bundan tashqari avtotransport vositasining salonidan “Regapen 300 mg” yozuvli 10 dona kapsula shaklidagi tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositasi hamda bir dona “MH-Series Pocket Scale” yozuvli qutida elektron tarozi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan A.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech