8 Noyabr 2021 yil 476

G‘ijduvon tumanida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida qator targ‘ibot va tashviqot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda ayollarning ijtimoiy siyosiy hayotdagi faolligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatlarni barvaqt oldini olish, oila turmush munosabatlari doirasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ichki ishlar organlari hisobida turgan xotin-qizlar tomonidan qayta huquqbuzarlik sodir etilmasligi taʼminlash, qolaversa xotin-qizlarni turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish, ularning qonuniy huquq va manfaatlari qaror toptirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, G‘ijduvon tuman ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masasalalari bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida qator targ‘ibot va tashviqot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabr kunidagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarni himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida” gi 3-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bugungi kunda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga “Himoya order”lari berilmoqda.

Olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida tumanning Vazirshoh, Soktari, Amirobod hamda Sarvari mahallalari hududlarida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.

Bundan tashqari Amirobod va Toshloq mahallalari hududlarida davra suhbatlari tashkil etilib, bugungi kunda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni aniqlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini qaror toptirish borasida keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilib, “Himoya orderi” ni berish tartibi va uning huquqiy taʼsir doirasida, order talablarini buzganlik uchun kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar birma-bir tushuntirib berildi.

Text to speech