30 Oktyabr 2021 yil 615

G‘ijduvonda savdo do‘konini o‘margan qiz qo‘lga tushdi.

G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi bergan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yilning 08 sentyabr kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, G‘ijduvon tumani Zarangari mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan E.Sh. ga tegishli “Xo‘jai Jahon” savdo kompleksida joylashgan “G-65”-sonli savdo do‘koniga kirib, do‘kondan uning 1.900.000 so‘m naqd pullarini o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Buxoro shahar Varaxsha mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan A.R. ismli qiz sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxsning xuddi shu kabi sodir etilib fosh etilmasdan qolgan jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech