3 Dekabr 2021 yil 649

Hech kim mehr va muruvvatdan chetda qolmaydi!

3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litseyi tomonidan “Buxoro ayollar muruvvat uyi”da tadbir tashkillashtirildi.

“3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan samarali va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yana-da kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironlarga jamiyat hayotida moslashishi uchun keng imkoniyat va qulay sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda.

Sana munosabati bilan “Buxoro ayollar Muruvvat uyi”da o‘tkazilgan bayram tadbirida Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi jamoasi vakillari va o‘quvchilari o‘zlarining badiiy chiqishlari, chiroyli raqslari, kuy-qo‘shiqlari, ko‘rgazmali sport chiqishlari bilan ishtirok etib, “Muruvvat” uyida yashovchilarning olqishlariga sazovar bo‘ldilar.

Tadbir so‘ngida kitoblar jamlanmasi va ayollar uchun turli xildagi kiyim-kechaklar “Muruvvat” uyi yashovchilariga sovg‘a qilindi.

Text to speech