Huquq-tartibot maskanlarining moddiy texnika taʼminotini yaxshilash maqsadida G‘ijduvon tumani profilaktika inspektorlari tuman hokimligi tomonidan 12 dona kompyuter jamlanmalari bilan taʼminlandi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan majlisida, shuningdek, 17 mart kuni Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ishtirokida viloyat ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 19 avgust kuni viloyat hokimi B.K.Zaripovning profilaktika inspektorlari bilan videoselektor tarzida yig‘ilish o‘tkazilib, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olishning “Mahallabay” tizimi va “Hudud metodikasi”ni yaratish, ish samaradorligi va xodimlarning bilim hamda kasbiy mahoratini oshirish, ichki ishlar organlari xodimlariga munosib xizmat va turmush sharoitlarini yaratib berish, ichki ishlar organlari moddiy texnik bazasini yaxshilash, xodimlarni rag‘batlantirish borasida tuman-shahar hokimlari va boshqa mutasaddi idora vakillariga bir qator topshiriqlar berilgan edi.
Viloyat hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazilgan kunning o‘zidayoq, G‘ijduvon tumani hokimligi tomonidan profilaktika inspektorlariga 12 dona kompyuter jamlanmalari tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali marosimda, tuman xokimi vaa barcha sektor raxbarlari ishtirok etdilar.
Ichki ishlar organlari xodimlarining moddiy texnika taʼminotini yaxshilashga qaratilgan bu kabi amaliy ishlar, xodimlarning xizmat sharoitlarini yaxshilashga, hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik chora-tadbirlar samaradorligi va natijadorlikka erishishga asos bo‘lib xizmat qiladi.