2 Noyabr 2021 yil 623

Huquqbuzarliklar profilaktikasida mahalla faollarining rolini oshirish — davr talabi

Mahalla — tarbiya o‘chog‘i. Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyat va an‘analarimizni asrab-avaylash, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirishda uning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Shu boisdan ham so‘ngi yillarda yurtimizda mahalla institutining nufuzini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Natijada esa mahalla noyob tuzilma sifatida o‘zini har tomonlama namoyon etayapti. Buni fuqarolar yig‘inlari faollari va profilaktika inspektorlari hamkorligi samarasi o‘laroq, joylarda ijtimoiy-ma‘naviy muhit barqarorligi ta‘minlanayotgani, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldi olinayotgani misolida ham ko‘rish mumkin.

Ushbu ishlarni davomi sifatida Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Bunda asosan firibgarlik, uning bugungi kunda eng ko‘p uchraydigan turlari, o‘g‘rilik, tan jarohati bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlarning profilaktikasi, oila turmush doirasidagi jinoyatlar yuzasidan mahalla faollari bilan fikr almashinilib, mahallaning oqsoqollari, otin oyilari, obro‘-eʼtiborli fuqarolarning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish borasida kelishib olindi.

Text to speech