Shahrimiz aholisi va viloyatimiz mehmonlari diqqatiga!
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi muqaddas Ramazon oyi davomida o‘qiladigan taroveh namozlari munosabati bilan har kuni soat 18.00 dan 24.00 ga qadar bir qator masjid va ularga tutash ko‘chalar yaqinidagi yo‘llarda transport vositalarining harakati cheklanishini ma'lum qiladi.
- “Fayzobod” masjidiga olib boruvchi Ibn Sino ko‘chasining I.Karimov ko‘chasi (“Sitora” bog‘i chorraha 12 post) bilan kesishgan qismidan Oq machit (2524 avtojamlanma) ko‘chasi kesishgan qismigacha;
- “Dilkusho” masjidiga olib boruvchi Dilkusho ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Xalqobod ko‘chasi (“Dilkusho dehqon bozor”) kesishgan qismigacha;
- “Bolo hovuz” masjidiga olib boruvchi Abu Xafsi Kabr ko‘chasining M.Karim ko‘chasi (19 post) bilan kesishgan qismidan Xo‘ja Nurobod ko‘chasi (aylanma harakatdan 6-maktabga burilish)bilan kesishgan qismigacha
- “Abu Hafsi Kabir” (Hazrati imom) masjidiga olib boruvchi Abu Xafsi Kabr ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan(“Raymag” aylanma) kesishgan qismidan Vobkent ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha;
Holatga qarab, namozxonlar soni ko‘payib ketgan taqdirda masjidga tutashgan boshqa yo‘llar ham yopilishi mumkin.
Haydovchilardan harakat cheklangan ko‘chalarni oldindan chetlab o‘tishlarini so‘rab qolamiz.