26 Yanvar 2022 yil 2930

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari! Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida mavjud bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga ishga kirish uchun tanlov eʼlon qilinadi.

ESLATMA: Tanlovda oliy maʼlumotli (psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha), pedagogika va psixologiya, qoida tariqasida yuridik hamda tarix va milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lgan erkaklar), Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi erkaklar 165 sm. muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan, yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar, o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

- fuqarolik pasporti;

- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;

- yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek turmush o‘rtog‘ining ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) pasport va tug‘ilganlik haqida guvohnomalari nusxalari, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi, nogironlik (agar mavjud bo‘lsa), qarindoshlarining o‘limi haqidagi guvohnomalari nusxalari (asli ko‘rsatilgan holda);

- 3X4 o‘lchamdagi 6 ta, 9X12 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);

- O‘rta-maxsus yoki oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlar (diplom ilovasi bilan) asl nusxalari;

- Harbiy guvohnoma asl nusxasi;

- Doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda);

- mehnat daftarcha asli (agar mavjud bo‘lsa);

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2022 yilning 27-31 yanvar kunlari Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

2022 yilning 27-31 yanvar kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,

Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar:

(65) 220-41-07

(65) 220-41-12

Text to speech