5 Oktyabr 2021 yil 621

HURMATLI YURTDOSHLAR! VILOYATIMIZ FUQAROLARI!

Respublikamizda, jumladan viloyatimiz hududida so‘nggi vaqtlarda yo‘l-transport hodisalarining salmog‘i oshib bormoqda. Bu esa fuqarolarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishlariga yoki mayib-majruh bo‘lib qolishlariga sabab bo‘lmoqda.

Qayd etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat hollarda:

-haydovchilarning qo‘pol qoidabuzarlik sodir etishlari, jumladan belgilangan tezlikka rioya qilmasliklari;

-svetofor talablariga rioya qilmasdan chorrahadan o‘tish qoidalarini buzishlari;

-quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanishlari oqibatida ayanchli yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmoqda.

Hurmatli fuqarolar!!!

Kelgusida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida Sizlardan:

- harakatlanish davomida Yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishingizni;

- transport vositasini boshqarayotgan vaqtda tezlikni oshirmasligingizni;

- chorrahadan o‘tish vaqtida svetofor, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga amal qilishingizni;

- quvib o‘tish vaqtida oldinda hech qanday xavf-xatar yo‘qligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng belgilangan tartibda harakatni amalga oshirishingizni;

- piyoda harakatlanganda yo‘lning faqat belgilangan joyidan kesib o‘tishingizni;

- tungi vaqtlarda ko‘chaning yoritilgan piyodalar o‘tish joylaridan o‘tishingizni va piyodalar yo‘laklarida harakatlanishingizni so‘raymiz!

Aks holda siz tomoningizdan sodir qilingan har qanday amaldagi yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holati maʼmuriy javobgarlikka, yo‘l-transport hodisasi sodir etilganda esa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Text to speech