Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Qorovulbozor tumani IIB faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Bugun, 30-iyun kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev qator sohaviy xizmat rahbarlari bilan birgalikda Qorovulbozor tumanida bo‘lib, tuman Ichki ishlar organlari tomonidan mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish borasida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilgan yarim yillik ish natijalarining prognozini muhokama qildi.
Bunda, boshqarma boshlig‘i tegishli mutasaddilar hamda tuman IIB masʼullariga sodir etilgan jinoyatlarni chuqur tahlil qilib, o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra kuch vositalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, hududlarda “fuqarobay”, “xonadonbay”, “mahallabay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida manzilli tezkor hamda maxsus profilaktik tadbirlarni o‘tkazish, yig‘ma otryadlar faoliyatini samarali tashkillashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Shuningdek, tuman Ichki ishlar bo‘limida shaxsiy tarkib hamda fuqarolarga yaratib berilgan shart-sharoitlarni ham o‘rganib, Ichki ishlar bo‘limining asosiy binosini kapital taʼmirlash, aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sohaviy xizmatlari uchun qo‘shimcha bino-inshootlar qurish, xodimlar va fuqarolarga yetarli, qulay sharoitlar yaratishga doir loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash hamda qurilish ishlarini rejalashtirishga doir qator tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.