28 Mart 2022 yil 400

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Buxoro tumani “Shergiron” mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi ichki ishlar organlari tayanch punktida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Avval xabar berganimizdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hududlarga chiqib, mahallalarda belgilangan dasturlar asosida amalga oshirilayotgan qurilish obodonlashtirish, “mahallabay” tizim asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning natijadorligi, mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari uchun yaratib berilgan xizmat va turmush sharoitlarini birma-bir o‘rganib bormoqda.

Boshqarma boshlig‘ining navbatdagi manzili, Buxoro tumani "Shergiron" mahallasi bo‘ldi.

Joriy yilning 28 mart kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev bir qator mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda "Shergiron" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining hamkorlikdagi ishlarini birma bir ko‘zdan kechirdi.

Taʼmirtalab holatga kelib qolgan MFY binosida joylashgan ichki ishlar organlari tayanch punktiga ham kirib, hududiy profilaktika inspektorining faoliyatini, xizmat sharoitlari va uning yurituvidagi hujjatlarni, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida amalga oshirgan ishlarini ham o‘rgandi.

Boshqarma boshlig‘i Shuxrat Aliyev davlat xususiy sherikchiligi asosida mahalla tadbirkori tomonidan qurilishi olib borilayotgan MFY va ichki ishlar organlari tayan punktining yangi binosidagi qurilish ishlari bilan ham yaqindan tanishib, mahalla markazi binosining loyihasi, qurilish meʼyorlaridagi xatoliklar yuzasidan masʼul rahbarlarga o‘zining eʼtirozlarini bildirib, qurilish ishlarini olib borish yuzasidan o‘zining bir qator taklif hamda tavsiyalarini bildirdi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish, hududda “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish borasida masʼul rahbarlarga aniq va manzilli topshiriqlar berdi.

Text to speech