13 Aprel 2022 yil 438

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi manzili viloyat IIB JXX “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona” bo‘ldi.

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev kundalik ish reja asosida ichki ishlar organlarining quyi tizimlarida chorak davomida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganib bormoqda.

Shu maqsadda bugun, boshqarma boshlig‘i masʼul rahbarlar bilan birgalikda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona” ga tashrif buyurib, muassasa faoliyatini o‘rgandi va muassada saqlanayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib bordi.

O‘rganish davomida Muassasada saqlanayotgan shaxslarning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, maʼmuriy qamoq muddati tugaganidan so‘ng ular bilan alohida tartibda profilaktik tadbirlarni olib borish, ushbu shaxslarni faol ijtimoiy hayotga qaytarish, bandligini taʼminlash va boshqa bir qator masalalarda o‘zining tavsiyalari hamda manzilli topshiriqlarini berdi.

Text to speech