Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Hasanovich Aliyevning soha xodimlari hamda faxriylariga bayram tabrigi
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Qadrli faxriylar!
Avvalo, barchangizni bugungi qutlug‘ sana – “25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” hamda “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi” bayrami bilan samimiy tabriklayman.
Jonajon Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash kabi sharafli, shu bilan birga masʼuliyatli vazifalarni ado etib kelayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlari, muhtaram faxriylarimiz hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamkasblarimizning oila aʼzolariga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Mustaqilligimizning ilk davrida tashkil topgan ichki ishlar organlari o‘tgan sinovli yillar davomida mashaqqatli va sharafli yo‘lni bosib o‘tib, xalqimizning chinakam tayanchi va himoyachisi sifatida shakllandi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Hozirgi kunda, butun dunyoda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatda, o‘z hayotini Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishni o‘zining professional burchi deb biladigan azmu-shijoatli xodimlarimizning fidokorona mehnatlari alohida eʼtirofga sazovor.
Shu bois bugun, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni yuksak darajada bajarishimiz uchun har bir ichki ishlar organi xodimi fidoyilik, vatanparvarlik bilan bor kuch va g‘ayratini safarbar etishi lozim.
Qadrli hamkasblar!
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik,
baxt-saodat, uzoq-umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.
Yurtimizda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar tilayman.
Hamisha yurtimiz tinch, osmonomiz musaffo bo‘lsin!