8 Sentyabr 2022 yil 352

Ichki ishlar organlari tizimida professional kadrlar tayyorlanmoqda

Ma'lumki, Ichki ishlar organlari tizimi uchun malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ayniqsa, IIV Akademiyasi ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta'minlash, kursantlarni tegishli ta'lim mutaxassisligi bo‘yicha yetuk, malakali kadr sifatida shakllanishi va bitiruvchilarning kelgusi amaliy faoliyatga tezda kirishib ketishiga erishish maqsadida onlayn master-klass o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining tasdiqlangan rejasi asosida bugun, 8-sentyabr kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Shuxrat Aliyev ishtirokida Akademiya professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va kursantlari ishtirokida navbatdagi onlayn mahorat darsi o‘tkazildi.

Qizg‘in mulohazalarga boy o‘tgan master-klassda boshqarma boshlig‘i odam savdosi va noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, fosh etish va tergov qilish amaliyoti hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar, tezkor-qidiruv xodimlari va tergovchilar tomonidan jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlash hamda tergov qilishdagi muammolar xususida so‘z yuritildi.

Text to speech